Honor arzon va quvvatli Pad X7b planshetini taqdim etdi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Honor kompaniyasi 135 dollardan boshlanuvchi narxda, zamonaviy metall korpus va 8000 mA·ch sigʻimli akkumulyatorga ega yangi Honor Pad X7b planshetini taqdim etdi.
- Qurilma 9,7 dyuymli 2052×1152 piksel aniqlikdagi 90 Gs displey, Qualcomm Snapdragon 685 protsessori, 4 GB tezkor va 128 GB ichki xotiraga ega boʻlib, xotirani microSD orqali 2 TB gacha kengaytirish mumkin.
Honor brendi hamyonbop qurilmalar qatorini yangi Honor Pad X7b planshati bilan boyitdi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, zamonaviy metall korpus va katta akkumulyatorga ega mazkur gadjet xaridorlarga bor-yoʻgʻi 135 dollardan taklif etilmoqda va oʻz sinfida raqobatbardosh variantga aylanishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Qurilma 9,7 dyuymli yuqori sifatli displey bilan jihozlangan boʻlib, uning tasvir aniqligi 2052×1152 pikselni tashkil etadi. Ekranning kadrlar chastotasi 90 Hz ga tengligi interfeysning yanada silliq ishlashini taʼminlaydi.
Displey imkoniyatlari va unumdorlik
Ishlab chiqaruvchining maʼlumot qilishicha, ekran yorqinligi 500 nit darajasida belgilangan va sRGB ranglar fazosining 100 foizini qamrab oladi. Old panelning qariyb 81 foizini egallagan displey multimedia kontentini isteʼmol qilish uchun qulay sharoit yaratadi.Planshet asosida Qualcomm Snapdragon 685 protsessori yotadi. Qurilma 4 GB tezkor xotira bilan taʼminlangan boʻlib, flesh-xotira hisobiga uni yana 4 GB ga kengaytirish imkoniyati mavjud. Ichki xotira hajmi эса 128 GB ni tashkil etadi.
Xotira va avtonomlik koʻrsatkichlari
Foydalanuvchilar qulayligi uchun qurilmada microSD karta uchun maxsus slot mavjud boʻlib, u orqali xotirani 2 TB gacha oshirish mumkin. Bu esa koʻplab fayl va ilovalarni muammosiz saqlash imkonini beradi.Gadjetning eng asosiy ustunliklaridan biri bu uning 8000 mA·ch sigʻimli akkumulyatoridir. Honor bahosiga koʻra, bu batareya 16 soatgacha tinimsiz video koʻrish yoki 21 soatgacha elektron kitob oʻqish imkonini beradi. Kutish rejimida esa qurilma 82 kungacha ishlay oladi.
Korpusning qalinligi 8,48 mm, ogʻirligi esa 447 grammni tashkil qiladi. Hozirda yangi planshet ishlab chiqaruvchining global veb-saytida eʼlon qilingan boʻlib, dastlabki bosqichda Saudiya Arabistoni bozorida sotuvga chiqarildi.
Mazkur modelning bazaviy versiyasi taxminan 135 dollarga (499 rial) baholangan. Shuningdek, 128 GB flesh-xotira va LTE moduli bilan jihozlangan talqinining narxi 185 dollarni tashkil etishi maʼlum qilindi.






























Izohlar 0
…