Tadqiqot: jazirama havo inson organizmining qarish jarayonini tezlashtiradi

Salomatlik1 daqiqa o'qish219
Tadqiqot: jazirama havo inson organizmining qarish jarayonini tezlashtiradi
Ekstremal issiqlik nafaqat sayyoramizga zarar yetkazadi, balki inson organizmining qarish jarayonini tezlashtirishi ham mumkin, deb ta’kidladi olimlar. Nature xabar berishicha, bu haqda Amerika Gerontologiya jamiyatining yillik ilmiy anjumanida taqdim etilgan Amerika tadqiqotida aytilgan.

2024 yil tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi aniq. Yanvardan oktyabrgacha global harorat shu qadar yuqori bo‘lganidan tez orada avvalgi rekordlar yangilanishi kutilmoqda.

Issiqlik yurak va buyraklarga ortiqcha bosim yuklaydi, shuningdek, aqliy jarayonlarni sekinlashtiradi. Ammo ekstremal harorat ko‘zga ko‘rinmas oqibatlar keltirib chiqarishi ham mumkin. Tadqiqotchilar “epigenetik soat” deb ataladigan DNKning kimyoviy o‘zgarishlari to‘plamini o‘rgandi. Bu o‘zgarishlar, odatda, yosh ulg‘ayishi bilan sodir bo‘ladi. Ular qarilik belgisi ekani haqida bahclar mavjud bo‘lsa-da, oldingi tadqiqotlar ushbu o‘zgarishlarni ekologik va ijtimoiy stress, shuningdek homiladorlik va sog‘likka oid holatlar bilan bog‘lagan.

Olimlar 2016–2017 yillarda 56 yosh va undan katta bo‘lgan 3,8 ming kishidagi shunday o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlarni tahlil qildi. So‘ng ushbu ma’lumotlar AQSHdagi harorat kartalari bilan solishtirildi. Ishtirokchilarning irqiy va etnik kelib chiqishi, chekish-chekmasligi, yashash joyi hamda daromadi kabi boshqa omillar ham inobatga olindi.

Tadqiqotchilarning aniqlashicha, issiq kunlar ko‘proq bo‘lgan hududlarda bir yoki olti yil davomida yashagan odamlar, salqinroq joyda istiqomat qilganlarga nisbatan molekular darajada “qariroq” bo‘lgan. Issiq kunlar ulushi har 10 foizga ko‘payganda, tadqiqot ishtirokchilarining molekular yoshi 0,12 yilga ortib borgan.

Molekular ko‘rsatkichlarning boshqa bir guruhi issiq iqlimda yashovchi odamlarning 0,6 foizi tezroq qariyotganini namoyish qilgan. Shu bilan birga issiq davr qisqa — bir necha kun yoki oyga cho‘zilganda, odamlarning yoshiga sezilarli ta’sir etmagan.

Tadqiqotda ishtirokchilarning konditsioneri borligi-yo‘qligi, ular tashqarida qancha vaqt o‘tkazgani hisobga olinmagan. Olimlar issiqlikka nisbatan individual reaksiyalarni ham kuzatmagan. Ushbu masalalar ustida keyingi ishlarda shug‘ullanish rejalashtirilmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?