100 million so‘m aliment puli oldindan to‘lab berildi

Chiroqchilik ota aliment majburiyatlarini muddatidan oldin bajarishga qaror qildi.
Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro shu kunga qadar aliment to‘lovlarini har oy o‘z vaqtida amalga oshirib kelgan. Keyinchalik esa sobiq turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro kelishuvga erishib, 3 nafar farzandining 18 yoshga to‘lguniga qadar bo‘lgan ta’minoti uchun hisoblangan mablag‘ni bir yo‘la to‘lash istagini bildirdi.
Natijada u joriy yilning 4-iyun kuni farzandlari uchun 100 million so‘m mablag‘ni oldindan to‘lab berdi.
Mazkur mablag‘ undiruvchiga to‘liq o‘tkazildi va ijro hujjati amalda bajarilganligi sababli tamomlandi.
Farzand uchun qilingan har bir ezgu amal — uning kelajagiga qo‘yilgan mustahkam poydevordir. Ushbu holat ota-onalik mas’uliyati nafaqat qonun oldidagi burch, balki farzand taqdiriga bo‘lgan mehr va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi ekanini yana bir bor namoyon qildi.





























Izohlar 0
…