Shri-Lankada qariyalar uyiga o‘t ketdi

Shri Lankada joylashgan qariyalar uyida yuz bergan yong‘in fojiali oqibatlarga olib keldi.
Reuters xabariga ko‘ra, hodisa natijasida kamida 12 kishi halok bo‘lgan. Yong‘in 4 iyunga o‘tar kechasi poytaxt Kolombodan taxminan 55 kilometr uzoqlikda joylashgan Anguruvatota shaharchasidagi qariyalar uyida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in tezda kengayib, binoda bo‘lgan ko‘plab keksalarning hayotiga xavf tug‘dirgan. Favqulodda xizmatlar voqea joyiga zudlik bilan yetib kelib, odamlarni evakuatsiya qilishga kirishgan.
Yong‘in oqibatida yana 8 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olib, shifoxonaga olib ketilgan. Shuningdek, 51 nafar kishi xavfsiz hududga ko‘chirilgan.
Qutqaruvchilar tomonidan yong‘in qisqa vaqt ichida o‘chirilgan bo‘lsa-da, uning kelib chiqish sabablari hali aniqlanmagan. Mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, qariyalar uyi direktori voqea bilan bog‘liq holatlarni aniqlash maqsadida huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan. Hodisaning aniq sabablari va mas’ullarini aniqlash ishlari davom etmoqda.





























Izohlar 0
…