AQSHda sun’iy intellekt yaratgan ilk vaksina sinovdan o‘tdi

AQSHda olimlar sun’iy intellekt yordamida ishlab chiqilgan dunyodagi ilk vaksinani klinik sinovdan o‘tkazdi. BBC ma’lumotiga ko‘ra, mutaxassislar vaksina dizaynini yaratishda AI texnologiyalaridan foydalangan.
Tadqiqotchilar viruslarning turli variantlariga qarshi samarali bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqsil tuzilmalarini tahlil qilgan. Shu asosda kelajakda kengroq himoya bera oladigan vaksina modeli ishlab chiqilgan.
Loyiha mualliflarining aytishicha, sun’iy intellekt an’anaviy tadqiqotlarga ketadigan vaqtni bir necha yilga qisqartirishi mumkin. Bu pandemiyalar va tez tarqaluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega.
Hozirda vaksina insonlarda xavfsizlik va samaradorlik bo‘yicha sinovdan o‘tkazilmoqda. Agar natijalar ijobiy bo‘lsa, ushbu texnologiya gripp, COVID-19 va boshqa kasalliklarga qarshi yangi avlod vaksinalarini yaratishda qo‘llanishi mumkin.





























Izohlar 0
…