BAA Eronning Quvaytga qilingan hujumlarini qoraladi

BAA Eronning Quvaytga qilingan hujumlarini qoraladi

Birlashgan Arab Amirliklari Eron tomonidan Quvaytga qarshi amalga oshirilgan dron va raketa hujumlarini keskin qoraladi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Bayonotda mazkur harakatlar Quvayt suverenitetiga qarshi qo‘pol qoidabuzarlik ekani va mamlakat xavfsizligi hamda barqarorligiga jiddiy tahdid tug‘dirishi ta’kidlangan.

BAA Quvayt bilan to‘liq hamjihat ekanini bildirib, uning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan barcha choralarni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Shuningdek, vazirlik mintaqada xavfsizlikni saqlash, vaziyatning yanada keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik va xalqaro huquq me’yorlariga qat’iy amal qilish muhimligini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, 3 iyun kuni Quvayt xalqaro aeroporti va bir qator fuqaroviy obyektlarga dron hamda raketa hujumlari uyushtirilgani xabar qilingan edi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, bir necha kishi jarohat olgan va infratuzilmaga zarar yetgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

BAA Eronning Quvaytga qilingan hujumlarini qoraladi – Zamin.uz, 06.06.2026