Toshkentda fojiaviy hodisa: avtobus piyodani bosib ketdi

Toshkentda fojiaviy hodisa: avtobus piyodani bosib ketdi

Bugun, 6 iyun kuni Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisasi oqibatida yana bir inson hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 13:40 atrofida Bektemir tumanidagi “Qo‘yliq dehqon bozori” avtobus bekati hududida 45-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan Yutong rusumli elektrobus orqaga harakatlanayotgan vaqtida piyodani urib yuborgan.

Avtobusni 1994 yilda tug‘ilgan, 7 yillik haydovchilik tajribasiga ega haydovchi boshqargan. Hodisa oqibatida 1991 yilda tug‘ilgan piyoda og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Toshshahartransxizmat” AJ hodisa munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirib, ta’ziya izhor etdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar