Mayıs ayında altı parlak yıldız örtülecek

Mayıs ayında altı parlak yıldız örtülecek
Özet

2026 yılının Mayıs ayında Ay, aralarında Antares ve Regulus'un da bulunduğu altı parlak yıldızı örterek nadir bir gökyüzü şölenine imza atacak. Moskova Planetaryumu'ndan yapılan açıklamaya göre, farklı kıtalardan gözlemlenebilecek bu astronomik olaylar dizisi, ay boyunca çeşitli tarihlerde gerçekleşecek. Gökbilimciler, bu etkileyici tutulmaların birçoğunun çıplak gözle veya basit bir dürbün yardımıyla takip edilebileceğini belirtiyor.

2026-yil may oyida Oy olti marta yorqin yulduzlar va yulduz turkumlarini to'sib qo'yadi. Moskva planetariysi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, ushbu astronomik hodisalar turli qit'alarda kuzatiladi.

Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Birinchi hodisa 4 may kuni sodir bo'ladi: Yer yo'ldoshi Antares yulduzini yopadi. Ushbu jarayonni Janubiy Amerika va Afrikaning janubiy qismi aholisi ko'rishi mumkin.

6-7 may kunlari esa Oy Mergan yulduz turkumidagi Sigma yulduzini to'sib qo'yadi, biroq bu faqat Antarktida hududida ko'rinadi.

17 may kuni Oy Pleyada yulduz turkumini yopadi, ammo Quyoshga yaqinligi sababli buni Yerdan turib kuzatish imkonsiz bo'ladi. 18-mayda Sharqiy Afrika mamlakatlarida Buqa yulduz turkumidagi Beta yulduzining tutilishi kuzatiladi.

23 may kuni esa Oy Regul yulduzini to'sib qo'yadi va bu hodisa Tinch okeani akvatoriyasida ko'rinadi.

Oylik astronomik shou 31 may kuni yakunlanadi. Shu kuni to'lin oy yana Antares yulduzini to'sib qo'yadi.

Ushbu hodisani Janubiy Amerika va Avstraliya aholisi kuzatishi mumkin bo'ladi. Astronomlarning ta'kidlashicha, bunday hodisalarni oddiy ko'z bilan yoki durbin yordamida ko'rish mumkin.

Zamin.uz'u Google'a ekleyin"Zamin"i Telegram'da okuyun!
Discuss with Zamin AIAnalyze the news, get useful answers

Yorumlar 0

İlgili haberler