Yapon kompaniyasi haydovchisiz taksi-robotlarni ishlab chiqishga kirishdi


Yaponiyaning tarmoqli kompyuter o‘yinlar sotishga ixtisoslashgan DeNA korporasiyasi haydovchisiz harakatlanadigan avtomatlashtirilgan taksi-robotlarni ishlab chiqishga kirishdi, deb xabar bermoqda Daryo.uz.
Bunday avtomobillar birinchi navbatda katta shaharlarga qatnaydigan aholi oqimi ko‘pligi tufayli haydovchilar yetishmovchiligi seziladigan hududlarga mo‘ljallanadi. Mijoz smartfon orqali o‘z manzili va boradigan joyi haqida ma’lumot jo‘natadi. Bu taksi—robot xotirasiga yoziladi va u mijozga mustaqil xizmat ko‘rsatadi. Yo‘lkira ham mijozning bankdagi hisobidan avtomatik tarzda yechib olinadi.
Qayd etilishicha, hozirda robot avtomobillarni ishlab chiqish bilan sohaning barcha yetakchi kompaniyalari shug‘ullanmoqda. Yaponiyada bu borada Nissan yetakchilik qilimoqda.































Izohlar 0
…