UzAuto Motors kompaniyasi Malibu 1,5 va Tracker avtomobillarini foyda bilan xarid qilishni taklif qilmoqda. “Faqatgina karantin davrida respublikamizning barcha avtosalonlarida ushbu modellarni chegirma asosida xarid qilishingiz mumkin,“ deyiladi kompaniya xabarida.
Bunda 100% oldindan to‘lov amalga oshirgan xaridor Malibu 1,5 Turbo avtomobili uchun 5%, Tracker uchun 10% chegirmaga ega bo‘ladi. Ya’ni:
Malibu- 1,5 Turbo – 278 322 334 so‘m o‘rniga 265 000 000 so‘m
Tracker LT A/T –222 150 992 so‘m o‘rniga 199 000 000 so‘m
Tracker LT M/T –189 838 121 so‘m o‘rniga 170 000 000 so‘m
Bundan tashqari ushbu modellarni muddatli to‘lov asosida, avtomobillarning 60 foiz summasini oldindan to‘lab, qolgan summani 1,5 yil davomida foizsiz bo‘lib to‘lash mumkin.
Shuningdek, mazkur aksiyalarning shartlari o‘zaro hamda “Kapitalbank“ va “Infinbank“, shuningdek “O‘zavtosanoat-Lizing“ning maxsus takliflariga aloqador emasligi ma’lum qilindi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun dilerlarning ushbu havolada ko‘rsatilgan Call-Markazlariga qo‘ng‘iroq qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi