Onix va Tracker uchun 0 foizli to‘lov shartlari e’lon qilindi

Onix va Tracker uchun 0 foizli to‘lov shartlari e’lon qilindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Davr Bank bilan hamkorlikda Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun 0 foizli kredit taklif etilmoqda.
  • Xaridorlar boshlang‘ich to‘lov miqdori va muddatini o‘zlariga qulay tarzda tanlab, 15 foizdan 50 foizgacha bo‘lgan boshlang‘ich to‘lov bilan 24 oydan 60 oygacha muddatga avtomobil xarid qilishlari mumkin.
  • Masalan, 15 foiz boshlang‘ich to‘lov bilan Onix uchun oylik to‘lov 6 mln 543 ming 229 so‘m, Tracker uchun esa 7 mln 825 ming 361 so‘mni tashkil etadi.

Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini xarid qilish uchun yangi bo‘lib to‘lash shartlari taklif etildi. Davr Bank bilan hamkorlikdagi dasturda avtomobillarni 15 foiz boshlang‘ich to‘lov bilan 0 foizli stavkada xarid qilish mumkin.

Yangi shartlarda xaridor boshlang‘ich to‘lov miqdori va to‘lov muddatini o‘ziga qulay tarzda tanlashi mumkin.

Kamroq boshlang‘ich to‘lov qilishni istaganlar uchun Onix'ga 27 mln 712 ming 500 so‘m, Tracker'ga esa 33 mln 142 ming 704 so‘mdan boshlang‘ich to‘lov belgilab qo‘yilgan. Bu holatda Onix uchun oylik to‘lov 6 mln 543 ming 229 so‘m, Tracker uchun esa 7 mln 825 ming 361 so‘mni tashkil etadi.

Kattaroq boshlang‘ich to‘lov evaziga oylik xarajatni kamaytirish imkoniyati ham bor. Bunda Onix uchun 92 mln 375 ming so‘m boshlang‘ich to‘lov qilinsa, oylik to‘lov 1 mln 539 ming 583 so‘mdan bo‘ladi. Tracker uchun 110 mln 475 ming 680 so‘m boshlang‘ich to‘lovda oyiga 1 mln 841 ming 261 so‘mdan to‘lash mumkin.

0 foizli shartlar boshlang‘ich to‘lov miqdoriga qarab quyidagicha belgilangan:

• 15 foiz boshlang‘ich to‘lov, 24 oyga

• 25 foiz boshlang‘ich to‘lov, 36 oyga

• 30 foiz boshlang‘ich to‘lov, 40 oyga

• 40 foiz boshlang‘ich to‘lov, 48 oyga

• 50 foiz boshlang‘ich to‘lov, 60 oyga

Bundan tashqari, 2 foizdan 12 foizgacha pasaytirilgan foiz stavkalari asosida ham to‘lov variantlari mavjud.

Shu bilan birga, ushbu shartlar avtomobillarning bazaviy komplektatsiyalari asosida hisoblangan. Yakuniy to‘lov miqdori tanlangan komplektatsiyaga qarab farq qilishi mumkin.

Mazkur taklif avtomobillarning zavod narxi pasaytirilganini anglatmaydi. Asosiy o‘zgarish xaridni bo‘lib to‘lash va kreditlash shartlariga taalluqli.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar