Foto: Reuters
Argentinada avtobus kattaligidagi ulkan uchar reptiliya (sudralib yoki o‘rmalab yuradigan hayvon)ning toshga aylangan qoldiqlari topildi, deb xabar beradi Reuters.
Argentinalik olimlar aniqlagan qoldiqlar bundan 86 million yil avval dinozavrlar bilan birga yashagan ulkan uchar reptiliyaning yangi turiga tegishli bo‘lib, unga «O‘lim ajdarhosi» deb nom berilgan.
Qadimiy uchar reptiliya yoki pterozavrning qanotlari uzunligi 9 metrga yetgan. Tadqiqotchilar qayd etishicha, ular hozirgi qushlarning qadimgi davrlardagi ajdodlari bo‘lgan va ov uchun o‘z qanotlaridan foydalangan Yerdagi ilk mavjudotlardan biri bo‘lgan.
Paleontologlar jamoasi qoldiqlarni Argentina g‘arbidagi Mendosa provinsiyasida, And tog‘larida aniqlagan. Reptiliya qoldiqlari saqlanib qolgan qoyalar 86 million yillik tarixga ega bo‘lib, bo‘r davriga tegishlidir.
Foto: Reuters
Ya’ni ushbu mavjudotlar bundan 66 million yil avval hozir Meksikaning Yukatan yarim oroli joylashgan joyga asteroid urilib, sayyoradagi hayotning to‘rtdan uch qismini yo‘q qilib yuborishidan taxminan 20 million yil oldin yashab o‘tgan.
Loyiha rahbari Leonardo Ortisning aytishicha, bunday qoldiqlar ilgari hech aniqlanmagan, shu sababli ushbu turga yangi nom berilgan — Thanatosdrakon Amaru (Thanatos— o‘lim, drakon — ajdar). Uning fikriga ko‘ra, bunday nom juda o‘rinlidir, chunki reptiliya g‘oyatda qo‘rqinchli ko‘rinishga ega bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”