23:17 / 17.07.2023
270

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari terrorizm homiysi deb topildi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari terrorizm homiysi deb topildi

Foto: “RIA Novosti”

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) sobiq raisi Karim Masimov va uning sobiq o‘rinbosarlari Anuar Sadiqulov va Daulet Yergojin rasman terrorizm homiylari sifatida tasniflandi. Bu haqda KazTAG xabar berdi.

“Sadiqulov Anuar Tuleuxanovich, Masimov Karim Kajimkanovich, Yergojin Daulet Yedilovich”, — deyiladi terrorizm va ekstremizmni moliyalashtirishga aloqador shaxslar ro‘yxatida.

Reyestr 2009 yilda qabul qilingan “Jinoyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun asosida Moliyaviy monitoring agentligi tomonidan yuritiladi. Qozog‘iston fuqarosini ushbu ro‘yxatga kiritish uchun uni terrorchilik yoki ekstremistik jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topish uchun qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bo‘lishi kerak.

Banklar ushbu ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning barcha aktivlarini muzlatib qo‘yadi, ular barcha notarial va sug‘urta xizmatlaridan mahrum qilinadi.

Karim Masimovga qo‘yilgan ayblovlar

2023 yil 24 aprelda Ostona sudi Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 175-moddasi 1-qismi (davlatga xiyonat), 179-moddasi 3-qismi (hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish),  362-moddasi 4-qismining 3-bandi (mansab vakolatlarni suiiste’mol qilish) bo‘yicha 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan MXQning sobiq rahbari Karim Masimovga nisbatan ayblov e’lon qilgandi. 

Uning sobiq o‘rinbosarlari Anvar Sadiqulov 16, Daulet Ergojin va Marat Osipov 15 va 3 yilga qamalgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq rahbari terrorizm homiysi deb topildi
ePN