Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasidagi uchrashuv 4 sentyabr kuni Sochi shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Dmitriy Peskov jurnalistlarning savoliga javob berar ekan, davlat rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuv 4 sentyabr kuni Sochi shahrida bo‘lib o‘tishini aytgan.
Turkiyadagi hukmron partiyaning rasmiy vakili Omer Chelik Turkiya prezidenti yaqin orada Sochiga tashrif buyurishini tasdiqladi.
Bundan tashqari, Turkiyaning Habertürk telekanali seshanba kuni prezidentlar o‘rtasidagi muzokaralar Sochida 4 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi haqida xabar berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar