Qozon–Sochi reysida chaqaloq tug‘ilgani haqidagi xabar yolg‘on ekani ma’lum bo‘ldi

1 daqiqa o'qish4
Qozon–Sochi reysida chaqaloq tug‘ilgani haqidagi xabar yolg‘on ekani ma’lum bo‘ldi

Rossiyada Qozon–Sochi yo‘nalishida uchgan samolyot bortida yo‘lovchi ayol farzandli bo‘lgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan radioaloqa yozuvi haqiqiy hodisa emas, balki maxsus dasturda modellashtirilgani ma’lum bo‘ldi.

14 noyabr kuni Rossiyaning bir qator OAVlari samolyotda 35 haftalik homilador ayolning to‘lg‘og‘i boshlangani, ekipaj esa laynerni Moskvadagi Vnukovo aeroportiga favqulodda qo‘ndirishni so‘ragani haqida xabar bergandi. Go‘yoki samolyot yerga qo‘nishidan oldin chaqaloq tug‘ilgan, yo‘lovchilar orasida bo‘lgan shifokor esa ayolga yordam ko‘rsatgan.

Xabarlarda aviadispetcherning «Endi bortingizda 177 nafar yo‘lovchi bor», degan hazilomuz gapi ham keltirilgan. Ushbu lavha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘plab nashrlar tomonidan haqiqiy voqea sifatida yoritilgan.

Biroq keyinchalik aviadispetcher Vasiliy Filin videoga izoh berib, undagi radioaloqa maxsus simulyator dasturida yaratilganini ma’lum qilgan. Uning aytishicha, bu orqali aviadispetcherlar favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilishini ko‘rsatish maqsad qilingan. Haqiqiy ish jarayonini to‘g‘ridan to‘g‘ri tasvirga olish mumkin bo‘lmagani uchun u mashg‘ulotlarni maxsus dasturda namoyish etadi.

Shu tariqa, Qozon–Sochi reysida chaqaloq tug‘ilgani, samolyot Vnukovo aeroportiga favqulodda qo‘ngani va bortidagi yo‘lovchilar soni 177 nafarga yetgani haqidagi xabarlar sahnalashtirilgan lavhaga asoslangan bo‘lib chiqdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?