07:25 / 27.11.2023
273

Yaman qirg‘oqlari yaqinida isroillik milliarderga tegishli tanker qo‘lga olindi

Yaman qirg‘oqlari yaqinida isroillik milliarderga tegishli tanker qo‘lga olindi

Foto: FleetMon.com

Yamanning Aden qirg‘oqlari yaqinida Isroilga aloqador Sentral Rark neft tashuvchi tankeri qo‘lga olindi. Bu haqda Assosiated Rress xabar berdi.

Hech bir harbiy guruh kemaning qo‘lga olinishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Kema isroillik milliarder Eyal Oferning Zodias guruhiga kiruvchi Zodias Maritime kompaniyasiga tegishli.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hujum sodir bo‘lgan Adan ko‘rfazining qismi Yamanning xalqaro miqyosda tan olingan hukumati bilan ittifoqchi kuchlar, shuningdek, Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan nazorat qilinadi va Yamandagi husiylar nazorati ostidagi hududdan uzoqda joylashgan.

AQSH harbiy dengiz kuchlari kema qo‘lga olingani haqida ma’lumot oldi. Taxminlarga ko‘ra, uni ozod qilishga qaratilgan harakatlar amalga oshiriladi. AQSH harbiylari “kemalardan bu hududdan uzoqroq turishni” so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaman husiylari Qizil dengiz sohillarini nazorat qiluvchi Yaman shimolidagi hukmron Ansor Alloh (husiylar) harakati Isroil bilan bog‘liq har qanday kemaga hujum qilishidan ogohlantirgan. Shundan so‘ng Yaman husiylari Qizil dengizda Galaxy Leader kemasini qo‘lga olgandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaman qirg‘oqlari yaqinida isroillik milliarderga tegishli tanker qo‘lga olindi