330
Rossiya hukumati armiya chaqiruv rezervidagi 130 ming nafar askarni harbiy xizmatga chaqirdi
Foto: “TASS”
Rossiya hukumati 29 mart kuni chaqiruv rezervida turgan 130 ming nafar askar harbiy xizmatga chaqirilganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” nashri ma’lum qildi.
Rossiya Bosh harbiy shtabining tashkiliy va safarbarlik masalalari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vladimir Simlyanskiy chaqiruv haqida xabar bergan. Simlyanskiy, shuningdek, Buryatiya va Shimoliy Osetiya-Alaniya respublikalari, Krasnoyarsk, Stavropol, Volgograd, Voronej, Moskva, Rostov, Saxalin, Samara va Chelyabinsk viloyatlari hamda Moskva shahrida chaqiruv samarali tashkil etilganini xabar qilgan.
“Rossiya prezidenti farmoni bilan belgilangan vazifa o‘z vaqtida va to‘liq bajarildi. Qurolli kuchlar, boshqa qo‘shinlar va harbiy tuzilmalarga jami 130 ming nafar askar muddatli harbiy xizmatga chaqirildi. Chaqiruv kampaniyasida ham avvalgidek kadrlar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Markaziy harbiy qo‘mondonlik organlari bilan hamkorlikda 500 ga yaqin shaxsiy tarkib tanlab olinib, ushbu bo‘linmalarni shtat bilan ta’minlashga yuborildi”, — deyilgan Rossiya rasmiylari bergan ma’lumotda.
Ushbu kampaniya kuzgi chaqiruv ro‘yxati asosida tashkil etilgani xabar qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Isroilning qariyb 2 mln aholisi qashshoqlikda kun kechirmoqda
Xitoy va Hindiston Himolaydagi yarim asrlik hududiy nizoni hal qilmoqchi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Rossiya Kursk viloyati va Ukraina sharqida hujumlarni kuchaytirmoqda
Al-Juloniy: “Suriya Afg‘oniston emas va bo‘lmaydi ham”
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Suriya isyonchilari yetakchisi murojaat bilan chiqdi
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi