20:30 / 05.07.2024
275

Rossiyada Ukraina bilan tinchlik o‘rnatish tarafdorlari soni ortmoqda

Rossiyada Ukraina bilan tinchlik o‘rnatish tarafdorlari soni ortmoqda
Foto: RIA Novosti
Rossiyada olti oy ichida birinchi marta Ukraina bilan tinchlik muzokaralari tarafdorlari soni sezilarli darajada oshgani qayd etildi. Bu haqda Levada markaz tadqiqot tashkiloti xabar berdi.

Iyun oyi oxirida o‘tkazilgan so‘rovnomada respondentlarning 58 foizi tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlashi natijasida so‘rovlarning butun davri uchun maksimal ko‘rsatkich qayd etilgan.

Respondentlarning 37 foizi Ukrainaga qarshi harbiy harakatlar davom ettirilishi kerak, deb hisoblagan. Urushni davom ettirish zarurligini ko‘proq erkaklar (47 foiz) ma’qullagan.

O‘tgan yil davomida rossiyaliklarning tinchlik muzokaralaridan kim ko‘proq manfaatdor ekanligi haqidagi fikri deyarli o‘zgarmagan. Respondentlarning qariyb 40 foizi, birinchi navbatda, Rossiya manfaatdor ekanligini aytgan.

So‘rov ishtirokchilarining 65 foizi Ukrainadagi qurbonlar va vayronagarchiliklarda AQSH va NATO davlatlarini, olti foizi esa Rossiyani ayblagan.

Respondentlarning uchdan bir qismi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi paytida yadro qurolidan foydalanishini asosli deb hisoblagan. 2023 yilning aprel oyiga nisbatan ularning ulushi besh foizga oshgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada Ukraina bilan tinchlik o‘rnatish tarafdorlari soni ortmoqda