Tramp NATO bilan kelishilgan bayonot matniga Ukrainani ham qo‘shib o‘zgartirdi

AQSH prezidenti Donald Tramp NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan kelishilgan qo‘shma bayonot matniga bir tomonlama o‘zgartirish kiritdi. Urushni kengaytirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilish haqidagi dastlabki matnda faqat Rossiya tilga olingan bo‘lsa, Tramp keyinchalik unga Ukrainani ham qo‘shdi. Bu haqda Politico nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Tramp va Ryutte 25 noyabr kuni Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohida uchrashgan. Suhbat davomida Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi, shuningdek, mojaroni imkon qadar tezroq tinch yo‘l bilan hal qilish masalalari muhokama qilingan.
Uchrashuvdan so‘ng Oq uy va NATO rasmiy saytlarida e’lon qilingan qo‘shma bayonotda tomonlar «Rossiya urushni qasddan yoki bilmasdan kengaytirishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatlardan tiyilishi» muhimligini muhokama qilgani qayd etilgan. Shuningdek, mojaroni imkon qadar qisqa muddatda tinch yo‘l bilan hal qilish zarurligi ta’kidlangan.
Biroq bir necha soat o‘tgach, Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ushbu bayonotning o‘z variantini e’lon qildi. U dastlabki matndagi Rossiya haqidagi jumlaga Ukrainani ham qo‘shdi. Natijada urushni kengaytirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilish chaqiriqlari endi har ikki davlatga taalluqli bo‘ldi.
Politico nashrining yozishicha, ismi oshkor etilmagan NATO rasmiysi dastlabki matn ikki tomon tomonidan rasman kelishilgan bayonot bo‘lganini tasdiqlagan. Bu esa Tramp keyinchalik matnni NATO bilan qayta kelishmasdan o‘zgartirganini anglatadi.
Nashrning Oq uydan izoh olishga qilgan so‘roviga hozircha javob berilmagan.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…