Foto: Getty Images
Yirik kitob nashriyotlari maktab kutubxonalarinida ayrim kitoblarning bo‘lishini taqiqlovchi qonun sabab AQSHning Florida shtatini sudga berdi.
Penguin Random House va Simon & Schuster kabi nashriyotlar tomonidan kiritilgan da’vo arizasida qayd etilishicha, Florida qonuni mamlakat konstitutsiyasidagi Birinchi tuzatish bilan kafolatlangan so‘z erkinligi huquqini buzmoqda. Da’voda Mayya Enjelou va Ernest Heminguey kabi taniqli yozuvchilarning ham kitoblari maktab kutubxonalaridan olib qo‘yilgani aytilmoqda.
Florida amaldorlari kiritilgan da’vo arizasiga munosabat bildirib, shtat kitoblarni taqiqlaganini rad etdi. «Floridada taqiqlangan kitoblar yo‘q. Ochiq jinsiy mazmundagi materiallar va qo‘llanmalar maktablar uchun mos emas», — deydi shtat ta’lim departamenti vakili Sidni Buker.
Da’vo asosini Floridada o‘tgan yili qabul qilingan qonun loyihasi tashkil etmoqda — uning doirasida ota-onalar e’tiroz bildirgan ma’lum kitoblar maktablar kutubxonalaridan olib tashlanishi mumkin.
So‘z erkinligini himoya qiluvchi Pen America notijorat tashkilotiga ko‘ra, Floridada 2021 yil iyuldan 2023 yil dekabrga qadar 3135 ta kitob taqiqlangan — bu mamlakatdagi eng yuqori ko‘rsatkich. Maktablar kutubxonalaridan olib qo‘yilgan kitoblar orasida Ernest Hemingueyning «Motam qo‘ng‘irog‘i», Toni Morrisonning «Moviy ko‘zlar» va Lev Tolstoyning «Anna Karenina»si ham bor.
Sudga kiritilgan da’vo arizasi orqali qonunga o‘zgartirish kiritish talab qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»