Foto: Getty Images
Fransiyada bo‘lib o‘tgan Paralimpiya bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Asila Mirzayorova ko‘rish qobiliyatini qanday yo‘qotgani va hali ham uni tiklashga umid qilayotganini ma’lum qildi.
“15 yoshimda ko‘rish imkoniyatim cheklanib qolgan. Yozgi oromgohlarga ko‘p borardim. Avval ko‘zimda hech qanday nuqsonim bo‘lmagan. Boshimga koptok tegishi oqibatida ko‘zim xiralashishni boshladi. Shifokorlarga murojaat qildik. Turli xil muolajalar foyda bermadi. Jarrohlik amaliyoti qilish kerakligini, aks holda ko‘rmay qolishimni aytishdi. Amaliyotgacha ozgina ko‘rardim, ammo undan so‘ng butunlay ko‘rmay qoldim. Operatsiyani Toshkentda qilishgan.
Chempionlikni qo‘lga kiritganim bilan baribir ko‘rishga hech narsa yetmaydi. Ba’zida ko‘rgim keladi. Yaqinda shifokorlarga ko‘rindik. Ular hech qanday imkoniyat yo‘qligini aytmoqda. Ammo umidim bor. Nasib qilsa, chet eldagi tajribali shifokorlarga tekshirtiraman”, deydi Asila Mirzayorova.
Ma’lumot uchun, Parijdagi musobaqada T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etgan Asila Mirzayorova 5,24 metr natija qayd etib, ushbu yo‘nalishda Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Unga 200 ming AQSH dollari, Tahoe avtomobili va Toshkent shahridan kottej sovg‘a qilindi. Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev sportchini “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan mukofotladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari