Asila Mirzayorova 11 oylik qizalog‘i bilan tarmoqlarda ilk bor ko‘rinish berdi (video)

O‘zbekistonlik para yengil atletikachi Asila Mirzayorova 11 oylik farzandi bilan ijtimoiy tarmoqlarda ilk bor ko‘rinish berdi. Sportchining qizalog‘ini bag‘riga bosib turgan aks etgan videolari kuzatuvchilar e’tiborini tortdi.
Tarqalgan lavhalarda Asila Mirzayorova qizalog‘ini mehr bilan quchoqlab olganini ko‘rish mumkin. Samimiy kadrlar ko‘plab muxlislarni quvontirib, ijtimoiy tarmoqlarda iliq munosabatlarga sabab bo‘ldi.
Foydalanuvchilar sportchiga kelgusi faoliyatida yangi yutuqlar tilab, uning qizalog‘iga ham sog‘lik, baxt va yorqin kelajak tilaklarini bildirishmoqda.
Asila Mirzayorovaning farzandi bilan tushgan ushbu lavhalari muxlislar uchun quvonchli lahzalardan biriga aylandi.































Izohlar 0
…