Foto: Reuters
Donald Trampning AQSH prezidentligi saylovidagi g‘alabasi fonida Ukraina Rossiya bilan muzokaralar olib borishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Hozirda Ukraina tinchlik muzokaralarida o‘zining boshlang‘ich pozitsiyasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha qurol-yarog‘ yetkazib berish va jang maydonidagi pozitsiyalarini saqlab qolishga intilmoqda. Tramp prezidentlikka kirishgach, Ukrainadagi urushni “24 soat ichida” tugatishga va’da bergandi.
"Kelgusi to‘rt-besh oy urushda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu qish hal qiluvchi payt. Umid qilamanki, urush yakuniga yaqinlashmoqda. Hozir biz muzokaralarda har ikki tomonning pozitsiyalarini aniqlab olamiz", deydi ismini oshkor etmagan ukrainalik amaldor.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Kiyevda Tramp ma’muriyatidagi asosiy lavozimlarga kimlar tayinlanishi kutilmoqda. Chunki bu ularning Ukrainaga nisbatan qanday siyosat yuritmoqchi ekanini tushinishda yordam beradi. Ukrainalik rasmiy AQSHning yangi prezidenti lavozimga kirishganidan so‘ng Kiyevga ko‘rsatiladigan yordam qisqarishi xavfini tan oldi.
"Umid qilamanki, Bayden ma’muriyati yordam ko‘rsatish sur’atini tezlashtirish orqali bu xavfdan qochishga harakat qiladi", dedi u.
Avvalgi muzokaralar va shartlar
Rossiya va Ukraina o‘rtasida 2022 yil 17 mart, 15 aprel va 29 mart kuni Istanbulda muzokaralar bo‘lib o‘tgandi. Moskva Qrimni Rossiyaning bir qismi sifatida tan olishni, Rossiyaga qarshi barcha sanksiyalarni bekor qilishni, barcha sud da’volarini to‘xtatishni, mamlakat Xalqaro jinoiy sudga tortilmasligi bo‘yicha talablarni ilgari surgan. Ukraina tomoni ularni muhokama qilishdan bosh tortgan.
Kiyev Rossiyaning harbiy ittifoqlarga, avvalambor NATOga qo‘shilmaslik bo‘yicha talabini bajarishga tayyor bo‘lgan, buning evaziga Rossiya Ukrainaning Yevroittifoqqa kirishiga qarshilik qilmagan.
Ukraina esa hududiy yaxlitlikni ta’minlash, harbiy hujumlarni to‘xtatib, kuchlarni olib chiqish, Qrimning maqomini muhokama qilish, infratuzilmani tiklash talabini ilgari surgan. Prezident Vladimir Zelenskiy Rossiyaning talablarini “ishonib bo‘lmaydigan ultimatum” deb baholagan. Ukraina tomoni mojaroni 1991 yilgi chegaralarga qaytish bilan yakunlanishi kerakligini ta’kidlagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
AQSH Adliya vazirligi Google'dan Chrome'ni sotishni talab qiladi
Tramp g‘alabasidan keyin Qo‘shma Shtatlarni butunlay tark etishni rejalashtirayotgan Gollivud yulduzlari
“Diabet — hayot tarzi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi