Foto: TASS
Vladimir Putin Rossiyada YouTube videoservisi faoliyati sekinlashganiga bog‘liq muammo bilan shug‘ullanishga va’da berdi. Bu haqda «Rossiya 1» telekanali efirida «Mosfilm» bosh direktori Karen Shaxnazarov ma’lum qildi — u 13 noyabr kuni Kremlda RF prezidenti bilan uchrashgan.
«Menimcha, YouTube'ning sekinlashuvi bugun maqsadga muvofiq emas, prezident u yerda har xil jirkanchiliklar bo‘lishini aytdi… U tinglab turib, shunday dedi: «Men shug‘ullanaman va ko‘rib chiqaman», — deydi Shaxnazarov uchrashuv tafsilotlari haqida gapirar ekan.
«TASS» bilan suhbatda «Mosfilm» rahbari Putinning yakuniy qarorini bilmasligini qo‘shimcha qildi. «Bizda — bitta ma’lumot, prezidentda bo‘lsa ko‘plab. Shunday ekan, yakuniy qarorni aytmadi. Men o‘z fikrimni bildirdim, u ko‘rib chiqishini aytdi», — deya tushuntiradi Shaxnazarov.
Rossiyada 2024 yil iyuldan beri YouTube faoliyati sekinlashgan. Manbalar bu RF hukumati qarori bilan amalga oshirilayotganini aytmoqda. Shunday bo‘lsa-da, rasmiylar buni rad etib, mas’uliyatni Google'ga yuklamoqda: ular sekinlashuv Google Global Cache servisi ishidagi nosozliklarga bog‘liq ekanini ta’kidlayapti. Google esa o‘z navbatida kompaniya tomonidan hech qanaqa texnik muammolar yo‘qligini bildirgan.
YouTube Rossiyada rasman taqiqlanmagan
Rossiya Federatsiyasida YouTube taqiqlangan platformalar reyestriga kiritilmagan va rasman bloklanmagan.
«Biz bunda hech qanday huquqbuzarlikni ko‘rmayapmiz (sekinlashuvni bartaraf etishga urinishlar), YouTube'dan foydalanishda hech qanday rasmiy cheklovlar yo‘q», degandi «Rosteleset» mintaqaviy operatorlari assotsiatsiyasi rahbari Oleg Grishchenko.
O‘z navbatida, Moskvaning Birinchi raqamli advokatlar assotsiatsiyasi a’zosi Yekaterina Abashina trafik manipulyatsiyasi operatorlar uchun «xatarlarga ega» va ma’muriy kodeksning «litsenziyadan mahrum qilish» hamda jazolanishga olib kelishi mumkinligi haqida fikr bildirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?