18:30 / 21.11.2024
10

So‘rovlar: Ukraina va Rossiyada ko‘pchilik tinchlik muzokaralarini xohlayapti

So‘rovlar: Ukraina va Rossiyada ko‘pchilik tinchlik muzokaralarini xohlayapti
Foto: AP/Scanpix/LETA
Ukrainaliklarning yarmidan ko‘pi Kreml tomonidan boshlangan harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun tinch muzokaralarga o‘tish tarafdori. Bunday ma’lumotlarni Gallup Amerika instituti 20 noyabr, chorshanba kuni e’lon qildi. So‘rovdan ma’lum bo‘lishicha, ukrainaliklarning atigi 38 foizi urushni g‘alabaga qadar davom ettirish tarafdori, 52 foizi esa muzokaralar jarayonini boshlashni istaydi. 2022 yilda muzokaralarga tayyor va jangovar harakatlarni davom ettirishga tayyor ukrainaliklar soni mos ravishda 22 va 73 foizni tashkil etgandi, deb yozadi Gallup.

Urushni davom ettirish tarafdorlarining eng past qismi Ukraina sharqida: Xarkiv, Dnipropetrovsk, Zaporijjya va Donetsk oblastlarida. Barchasida ularning soni 27 foizni tashkil etadi. Mamlakatning markaziy va g‘arbiy mintaqalarida respondentlarning 40 foizdan ortig‘i jangovar harakatlar to‘xtatilmasligi tarafdori bo‘lgan.

Shu bilan birga, tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlagan ukrainaliklarning 52 foizi mamlakat tinchlik shartnomasi doirasida hududiy imtiyozlarga tayyor bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Bu toifadagi respondentlarning 38 foizi qarama-qarshi fikrda. Ukraina aholisining fikricha, muzokaralarda asosiy rolni Yevropa Ittifoqi (bu variantni respondentlarning 70 foizi qo‘llab-quvvatlagan) va Buyuk Britaniya (63 foiz) o‘ynashi kerak.

Rossiyada urushni davom ettirishga qarshi bo‘lganlar soni rekord darajada

Shu kuni Rossiyaning Russian Field sotsiologik kompaniyasi Ukrainadagi urush bo‘yicha o‘zining telefon orqali milliy so‘rovi natijalarini e’lon qildi. Unda respondentlarning 52 foizi qo‘shni davlatdagi jangovar harakatlarni tugatish uchun tinchlik muzokaralariga o‘tish tarafdori bo‘lgan. Respondentlarning atigi 36 foizi urushning davom etishini qo‘llab-quvvatlagan.

Rossiya hujumi boshlanganidan beri Ukrainaga qarshi urushni davom ettirish tarafdorlari soni eng kam, tinchlik muzokaralari boshlanishini istaganlar esa eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. 2022 yilning bahorida Rossiya respondentlarining 54 foizi Ukrainadagi urushni davom ettirish tarafdori bo‘lgan, atigi 33 foizi muzokaralarga o‘tishni qo‘llab-quvvatlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » So‘rovlar: Ukraina va Rossiyada ko‘pchilik tinchlik muzokaralarini xohlayapti