14:50 / 23.12.2024
13

Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi

Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi
Foto: Getty Images
Rossiyaga qarshi sanksiyalardan Armaniston, Gruziya va Qozog‘iston yutdi, Qirg‘iziston va O‘zbekiston esa eng ko‘p foyda ko‘rdi. Jahon bozorlarini o‘rganish instituti direktori Aleksey Bobrovskiy tegishli fikrni bildirdi.

"Ba’zi sobiq sovet davlatlari uchun Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar iqtisodiyot o‘sishiga kuchli turtki bo‘ldi. Buni, avvalo, Armaniston, Gruziya va Qozog‘iston his etdi. Bu mamlakatlarga “maxsus harbiy operatsiya” (Rossiya Ukrainaga qarshi bosqinni shunday ataydi) boshlanganidan so‘ng ko‘plab fuqarolarimiz ko‘chib o‘tdi", dedi Bobrovskiy.

U ko‘chib o‘tishning ta’siri qisman qisqa bo‘lgani, puli tugagan ruslar vataniga qaytishni boshlaganini aytdi.

"Garchi Gruziya va Armanistonda Rossiya fuqarolari ko‘chib kelgandan so‘ng ochgan kompaniyalar hamon faoliyat yuritayotgan bo‘lsa-da, Rossiya mablag‘lari bu mamlakatlar iqtisodiyotida saqlanib qoldi. Biroq, eng uzoq muddatli samara Qirg‘iziston va O‘zbekiston kabi mamlakatlar qo‘lga kiritdi. Ular parallel import uchun o‘ziga xos tranzit markazlariga aylandi", dedi u.

Bobrovskiy Qozog‘iston ham bundan yutishi mumkin bo‘lgani, ammo Ostonaning vazmin, ehtiyotkor pozitsiyasi tufayli “u yerdan mablag‘lar chiqib ketgani”ni aytdi.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar

Ukrainadagi urush boshlanganidan so‘ng Rossiyaga nisbatan keng ko‘lamli sanksiyalar joriy etildi. Bu choralar Rossiya iqtisodiyotiga bosim o‘tkazish va urushni davom ettirish imkoniyatlarini cheklash maqsadida ko‘rilgan. Rossiyaning yirik banklari xalqaro moliyaviy tizimlardan uzib qo‘yildi. Rossiyaga yuqori texnologiyalar, jumladan, mikroelektronika va harbiy maqsadlarda ishlatiladigan uskunalar eksporti taqiqlandi. Xorijdagi Rossiya hukumati vakillari, rus oligarxlarining aktivlari muzlatildi. Ko‘plab xalqaro kompaniyalar Rossiyada faoliyatini to‘xtatdi yoki mamlakatdan chiqib ketdi.

Natijada Rossiya iqtisodiyoti qisqardi, valyuta kursi va savdo ko‘rsatkichlari zaiflashdi. Neft va gaz eksportidan olinadigan daromadlar kamaydi, bu esa davlat budjetiga ta’sir qildi. Import qiyinchiliklari va G‘arb texnologiyalarining yo‘qligi sababli ayrim sohalar qiyinchilikka uchradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi