date
views 156

Qozogʻiston-Oʻzbekiston chegarasida maxfiy tunnel aniqlandi (foto)

Qozogʻiston-Oʻzbekiston chegarasida maxfiy tunnel aniqlandi (foto)
Qozogʻiston janubida neft mahsulotlarini kontrabanda qilish uchun foydalanilgan Oʻzbekistonga olib boruvchi tunnel topildi. Bu haqda Turkiston viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Foto: Turkiston viloyati prokuraturasi matbuot xizmati
Bir guruh shaxslar tomonidan Qozogʻiston-Oʻzbekiston chegarasida 450 metr uzunlikdagi tunnel yotqizilgan. Ushbu tunnel orqali har kuni 5-7 tonna yoqilgʻi-moylash materiallari kontrabanda yoʻli bilan olib chiqilgan. Noqonuniy faoliyat taxminan ikki oy davom etgan. Maxsus tadbirlar bilan jinoiy guruhning barcha a'zolari, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari ham aniqlangan”, deyiladi viloyat prokuraturasi xabarida.

Shunga oʻxshash tadbirlar Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan davlat chegarasining chegara hududida oʻtkazilgan. Qoʻshni davlatdan eksport qilingan yonilgʻi uchun mablagʻ oʻtkazish sxemasi aniqlangan.

Foto: Turkiston viloyati prokuraturasi matbuot xizmati
Qozogʻiston hududida ham, Oʻzbekiston hududida ham transmilliy jinoiy guruh a'zolari qoʻlga olindi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi Turkiston viloyati prokuraturasi xabarida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozogʻiston-Oʻzbekiston chegarasida maxfiy tunnel aniqlandi (foto)