17:15 / 09.03.2025
241

Falastin bayrog‘ini ko‘targan aktivist Big-Benga chiqib oldi (foto)

Falastin bayrog‘ini ko‘targan aktivist Big-Benga chiqib oldi (foto)
London politsiyasi Vestminster saroyining soatli minorasidan Falastin tarafdori bo‘lgan aktivistni tushirib olishdi.

Falastin bayrog‘ini ko‘targan shaxs Britaniya parlamenti joylashgan hududga 8 mart tongida kirib kelgan. U tezda panjaraga chiqib, Big-Ben devori bo‘ylab bir necha metrga tirmashib chiqqan, shundan keyingina politsiyachilar e’tiborini tortgan.

Qaysidir pallada u minoraning yuqori qismiga ko‘tarilish uchun poyabzalini yechadi. Lekin oyoqlarini jarohatlab, tosh devorda qon dog‘larini qoldirdi.

Aktivist Instagramda efirga chiqib, «politsiya qatag‘onlari va davlat zo‘ravonligi»ga qarshi norozilik bildirgan.

Kun davomida u politsiya bilan muzokaralar olib bordi va faqat «o‘z shartlari bilan» pastga tushishini aytdi. Agar kimdir unga yaqinlashgudek bo‘lsa, hayotini xavf ostida qoldirib, yanada yuqori ko‘tarilish bilan tahdid qildi.

Loredana Sangiuliano / SOPA Images / LightRocket / Getty Images
Hodisa tufayli Vestminster ko‘prigi yopildi, shuningdek, parlament hududidagi barcha ekskursiyalar bekor qilindi. Big-Ben qarshisidagi o‘rab olingan maydonda bir guruh odamlar to‘planib, «Falastinga ozodlik» va «Sen qahramonsan» degan shiorlarni aytib hayqirishgan, deb xabar beradi BBC.

Politsiyachilar aktivistni yarim tundan keyin o‘t o‘chirish krani orqali pastga tushishga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan. The Independent ma’lumotiga ko‘ra, ushbu erkak minorada 16 soat o‘tkazgan. Hozir u hibsga olingan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo