TikTok'dagi jonli efiri uchun 17 yoshli qizga jarima solindi

Qozog‘istonning Olmaota shahrida TikTok'dagi jonli efirda uyatli so‘zlarni ishlatgan 17 yoshli qiz ma’muriy javobgarlikka tortildi. Sud unga 10 oylik hisob ko‘rsatkich (MRP) miqdorida, ya’ni 432 500 tenge jarima tayinladi. Bu haqda Nur.kz shahar politsiya departamentiga tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, qiz TikTok'dagi jonli efiri davomida omma oldida haqoratli va odobga zid so‘zlarni ishlatgani huquq-tartibot organlari e’tiborini tortgan. Politsiyachilar ijtimoiy tarmoqlarni monitoring qilish jarayonida efir yozuvini aniqlagan.
Shundan so‘ng voyaga yetmagan qizning onasi Naurizbay tumani politsiya boshqarmasiga chaqirilgan. Onasi ishtirokida qizga mayda bezorilik holati bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, materiallar sudga yuborilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, 17 yoshli qizga 10 MRP miqdorida — 432 500 tenge jarima tayinlangan.
Politsiya fuqarolarga jamoat tartibi va odob qoidalariga nafaqat ko‘chada, balki internet va ijtimoiy tarmoqlarda ham rioya qilish zarurligini eslatdi.
Keyingi yangilik

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…