
Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp 8 mayni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G‘alaba kuni sifatida rasman e’tirof etish haqida farmoyish berdi. Bu haqda 7 may kuni Oq uyning rasmiy saytida e’lon qilingan maxsus proklamatsiyada ma’lum qilindi.
Prezident Tramp o‘z chiqishida AQSH harbiylari tomonidan urushda ko‘rsatilgan fidokorona xizmatlar va beqiyos jasoratni alohida qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba amerikalik askarlarning qurbonliklarisiz mumkin bo‘lmasdi va bugungi dunyo ko‘rinishi butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin edi.
— “O‘z yurti, erkinligi va G‘arb sivilizatsiyasini himoya qilish yo‘lida jonini fido qilgan har bir inson xotirasi doimo e’zozlanadi. AQSH bu fidokor insonlarga, ularning jasorati va mehr-muhabbatiga chuqur minnatdor”, — deyiladi prezidentning farmoyishida.
Oq uyda o‘tkazilgan rasmiy tadbirda ham Tramp AQSH xalqini Ikkinchi jahon urushidagi amerikaliklarning g‘alabasini munosib nishonlashga chaqirdi. Uning fikricha, tarixdagi eng yirik va hal qiluvchi urushda Qo‘shma Shtatlar yetakchi kuch sifatida harakat qilgan va bu g‘alabada hal qiluvchi o‘rin tutgan.
— “Bu hafta butun dunyo bo‘ylab urushda g‘alaba qozongan ittifoqchi davlatlar bu muhim sana munosib nishonlanadi. Biroq AQSHning bu kurashda tutgan yetakchi roliga yetarlicha baho berilmayapti. Biz bu urushni boshqalardan avval boshlab, hal qiluvchi bosqichlarda yetakchilik qildik. Menimcha, hech kim bu haqiqatni inkor etolmaydi. Shuning uchun, 8 mayni g‘alabaning ramziy sanasi sifatida qayd etishimiz zarur”, — dedi Tramp.
Shu bilan birga, Tramp avvalroq 11 noyabr — Amerika milliy faxriylar kunini ham Birinchi jahon urushida qozonilgan G‘alaba kuni sifatida o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqqan edi. U bu orqali AQSHning Germaniya ustidan qozongan g‘alabadagi hissasini to‘g‘ri va adolatli e’tirof etishni maqsad qilganini bildirgan.
Prezident Trampning ushbu bayramni rasmiy kalendarga kiritishga bo‘lgan urinishi Amerika tarixiga hurmat va urushda qurbon bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish sari tashlangan qadam sifatida baholanmoqda. Muxlislar va tarixchilar uning bu tashabbusini qizg‘in muhokama qilishmoqda.
Siz bu haqda nima deb o‘ylaysiz? AQSHning Ikkinchi jahon urushdagi rolini alohida nishonlash to‘g‘ri qadammi?
Qo‘shma ShtatlarDonald TrampIkkinchi jahon urushiG‘alaba kuniOq uyHarbiy xizmatlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar