date

Rossiyada migrant bolalar uchun maktab bepul bo‘lib qoladi

Rossiyada migrant bolalar uchun maktab bepul bo‘lib qoladi

Rossiya Ta’lim vazirligi chet ellik mehnat migrantlarining farzandlari uchun maktab ta’limini pulli qilish taklifiga qarshi chiqdi. Bu haqda vazirlikning Davlat umumiy ta’lim siyosati va maktabgacha ta’limni rivojlantirish departamenti rahbari Aleksandr Reut ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Konstitutsiyasiga binoan mamlakat hududida yashovchi har bir shaxs, jumladan, xorijliklar ham, ta’lim olish huquqiga ega. Ushbu huquq umumiy va barchaga teng taalluqli ekani ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, Rossiya Davlat Dumasi ijtimoiy siyosat qo‘mitasi rahbari Yaroslav Nilov migrantlar farzandlarini bepul o‘qitishni taqiqlovchi qonun loyihasini taklif qilgan edi. Ammo Ta’lim vazirligi bu taklifni qo‘llab-quvvatlamadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada migrant bolalar uchun maktab bepul bo‘lib qoladi