date

11 yoshli bola YouTube orqali pianinada mahorat qozondi

11 yoshli bola YouTube orqali pianinada mahorat qozondi

Buyuk Britaniyalik 11 yoshli Xarvi hammani hayratga soldi — u bor-yo‘g‘i besh oy ichida pianinada o‘zi mustaqil ravishda chalishni o‘rgandi. Uning o‘qituvchisi esa na pedagog, na musiqa maktabi, balki YouTube'dagi darslik videolar bo‘ldi.

Xarvi Bi-bi-si orqali o‘z mahoratlarini namoyish etib, Betxovenning mashhur “Oy nuri sonatasi”ning uchinchi qismini yoddan ijro etdi. Unga ko‘ra, musiqa uni ruhan tinchlantiradi va turli ijobiy hissiyotlarni ulug‘laydi. Yosh iqtidor esa onasi ishlaydigan qariyalar uyida kichik konsertlar berib ham ko‘pchilikka zavq bag‘ishlagan. “Odamlar qarsak chalganda, ijroingizni tan olishganini his qilish juda yoqimli”, — deydi Xarvi.

Uning onasi Jen o‘g‘lining ijrolarini ijtimoiy tarmoqlarda ulashishni boshlashi bilan videolar tez orada minglab ko‘rishlarni to‘pladi. Shundan so‘ng Xarviga nufuzli musiqa maktabida o‘qish taklifi keldi va u darslarni boshlab yubordi.

O‘qituvchisi Bekki Smit yosh pianist haqida quyidagicha fikr bildirdi:

“Birinchi marta eshitganimda o‘zimga: 'Voy, bu yerda haqiqatan ham o‘ziga xos bola bor', deb o‘yladim. Bir necha oy ichida bu darajada chalish — haqiqiy mo‘jiza. U yoshiga qaraganda ajoyib epchillikka ega va iqtidorlari haqiqatan ham hayratlanarli”.

Onasi esa o‘g‘li bilan juda faxrlanishini ta’kidladi. Biroq uning musiqaga bo‘lgan qiziqishi haqiqatdan kutilmagan hol bo‘lgan. Chunki Xarvi avvalroq ko‘proq dizayn va kompyuterlarga qiziqqan, endi esa har kuni soatlab pianinada mashq qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 11 yoshli bola YouTube orqali pianinada mahorat qozondi