Britaniyalik 54 yoshli erkak bir o‘zi ikki okeanni 327 kunda eshkak eshib kesib o‘tib barchani lol qoldirdi

54 yoshli britaniyalik Deyv Bell yolg‘iz o‘zi eshkakli qayiqda Tinch va Hind okeanlarini kesib o‘tib, qariyb 29 ming kilometrlik masofani bosib o‘tdi. Uning uzoq davom etgan sayohati Perudan boshlanib, 327 kundan so‘ng Keniyada yakunlangan.
Bell safar davomida kuniga o‘rtacha 12 soat eshkak eshgan. Ekstremal sayohat davomida u bir necha bor texnik muammolarga duch kelgan. Jumladan, qayiqning ruli uch marta singan va uni dengizning o‘zida ta’mirlashiga to‘g‘ri kelgan. Bir safar esa qayiq ag‘darilib ketish xavfini boshdan kechirgan.
Quruqlikka yetib kelganida Bell uzoq vaqt dengizda bo‘lgani sabab dastlab mustaqil yurishda qiynalgan va unga yordam kerak bo‘lgan.
Endilikda britaniyalik sayohatchi tashqi yordamsiz eshkak eshib bosib o‘tilgan eng uzoq masofa bo‘yicha rekordini rasman tasdiqlatishni kutmoqda.































Izohlar 0
…