Turkiyada Turkiya bayrog‘iga tupurgan britaniyalik sayyoh hibsga olindi

Turkiyada Turkiya bayrog‘iga tupurgan britaniyalik sayyoh hibsga olindi

Turkiyaning Antaliya viloyatidagi Alanya shahrida 58 yoshli britaniyalik sayyoh mehmonxonada yuz bergan mojaro ortidan hibsga olindi. Bu haqda The Sun xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 9 sentyabr kuni mehmonxona kirish qismida sodir bo‘lgan. Sayyoh mehmonxona xodimlari bilan janjallashib qolgan. Mojaro vaqtida u kirish qismida osig‘liq turgan Turkiya bayrog‘iga tupurganlikda ayblangan. Shundan so‘ng mehmonxona xodimlari politsiyani chaqirgan.

Politsiya britaniyalik sayyohni qo‘lga olib, Alanya sudiga olib borgan. Sud uni hibsda saqlashga qaror qilgan. Unga davlat suvereniteti ramzlarini haqorat qilish bilan bog‘liq ayblov qo‘yilgan.

Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, davlat ramzlarini haqorat qilishda aybdor deb topilgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Hozircha sayyohning aybi sud tomonidan yakuniy tasdiqlanmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar