Amerikalik 18 yoshli yigit dunyodagi eng yosh professor bo‘ldi

1 daqiqa o'qish27.2K
Amerikalik 18 yoshli yigit dunyodagi eng yosh professor bo‘ldi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSHlik Natan Tomas 18 yoshida dunyodagi eng yosh professor sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi va 19 yoshida professor bo'lgan Kolin Maklorenning ko'p yillik rekordini yangiladi.
  • Muhandislar oilasida voyaga yetgan Natan 10 yoshida Mayami-Deyd kollejida o'qishni boshlagan hamda 2023 yilda elektrotexnika yo'nalishi bo'yicha ham bakalavr, ham magistr darajalarini imtiyozli diplom bilan qo'lga kiritgan.

AQSHda 18 yoshli yigit noyob yutuqqa erishib, dunyo tarixidagi eng yosh professor sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Hozirda u universitetda o‘z tengdoshlariga dars berib, ilmiy faoliyatini ham muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Natan Tomas muhandislar oilasida voyaga yetgan. U bolaligidanoq matematika, texnologiya, muhandislik va ilmiy sohalarga katta qiziqish bildirgan. Uning bilimga chanqoqligi juda erta namoyon bo‘lgan — Natan 10 yoshidayoq Mayami-Deyd kollejida tahsil olishni boshlagan. Oradan to‘rt yil o‘tib, 14 yoshida Florida xalqaro universitetiga o‘qishga qabul qilingan.

2023 yilda u atigi 18 yoshida elektrotexnika yo‘nalishi bo‘yicha ham bakalavr, ham magistr darajalarini imtiyozli diplom bilan qo‘lga kiritdi. Bu esa uning akademik faoliyatidagi eng muhim bosqichlardan biriga aylandi.

Aynan shu yoshida universitetda pedagogik faoliyatini boshlagan Natan malakali professor sifatida ishga qabul qilindi. Natijada u dunyodagi eng yosh professor sifatida yangi jahon rekordini o‘rnatdi. Shu tariqa u 1746 yilda vafot etgan, 19 yoshida professor bo‘lgan Kolin Maklorenning ko‘p yillik rekordini yangiladi.

Natanning ta’kidlashicha, universitetda eng muhimi insonning yoshi emas, balki bilimi va mehnati hisoblanadi.

«Bu yerga hamma bir maqsad — bilim olish uchun keladi. Yoshning o‘zi katta ahamiyatga ega emas. Men asosiy e’tiborimni o‘z ishimni sifatli bajarishga va talabalarga qo‘limdan kelganicha yordam berishga qaratishga harakat qilaman», — deydi u.

Hozirda Natan Tomas 21 yoshda. U professorlik faoliyati bilan bir qatorda ta’limini ham davom ettirmoqda. Ayni paytda Mayami universitetida huquq fanlari doktori (JD) darajasini olish ustida ishlamoqda. Kelajakda esa STEM sohalariga ixtisoslashgan holda intellektual mulk huquqi yo‘nalishida faoliyat yuritishni maqsad qilgan.

Shu bilan birga, u shaxsiy qiziqishlariga ham vaqt ajratadi. Natan basketbol, tennis va golf o‘ynashni xush ko‘radi, pianino chalish bilan shug‘ullanadi hamda musiqa tinglashni yaxshi ko‘radi. Uning hayot yo‘li yoshning katta yutuqlarga erishish uchun to‘siq emasligini yana bir bor isbotlab bermoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?