date

AQSH G‘azo aholisiga pul evaziga hududni tark etishni taklif qilmoqchi

AQSH G‘azo aholisiga pul evaziga hududni tark etishni taklif qilmoqchi

AQSH Falastindagi G‘azo hududida yashovchi 2 million aholiga katta pul mablag‘i evaziga hududni tark etishni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Buni ilgari surgan reja mamlakatlar orasida jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi.

AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning yangi radikal loyihasi Falastin aholisini ko‘chirish va 100 milliard dollarlik investitsiyani jalb qilishga qaratilgan. Mazkur reja insonlarning turmush tarzi va iqtisodiy imkoniyatlarini sezilarli darajada o‘zgartirishi mumkin.

Loyiha GREAT Trust (Gaza Reconstitution, Economic Acceleration and Transformation Trust) deb nomlanadi. Hujjatda qayd etilishicha, AQSH bevosita mablag‘ sarflamaydi. Uning o‘rniga, jahon investorlari 100 milliard dollarlik mablag‘ kiritishi va shu mablag‘lar asosida investorlarga 4 barobar ortiq daromad taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Trampning maqsadi – HAMASni hokimiyatdan to‘liq chetlatish. Loyiha doirasida sobiq Buyuk Britaniya bosh vaziri Toni Bler va AQSH prezidentining sobiq kengash vakili Jared Kushner faol ishtirok etayotgani ma’lum qilindi. Ular bu loyihani amalga oshirish va moliyaviy mexanizmlarni ishlab chiqishda asosiy rol o‘ynamoqda.

Ekspertlarning fikricha, bu reja G‘azo aholisi hayotiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin va uning ijobiy va salbiy tomonlari xalqaro hamjamiyatda keng muhokama qilinmoqda. Bu loyiha Falastindagi siyosiy va iqtisodiy muhitni butunlay o‘zgartirishi mumkin, shuningdek, global investorlar uchun yangi imkoniyatlar ham yaratishi ehtimol qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH G‘azo aholisiga pul evaziga hududni tark etishni taklif qilmoqchi