Doha shahrida Arab va Islom davlatlari rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda. U Isroilning o‘tgan hafta Qatarda HAMASga qarshi amalga oshirgan hujumi ortidan chaqirildi.
Sammitda muhokama qilinayotgan qaror loyihasida Isroilning hujumi keskin qoralangan. Unda mintaqada “yangi tartib o‘rnatish rejalariga” qarshi ekanligi qayd etilgan, biroq iqtisodiy yoki diplomatik choralar nazarda tutilmagan.
Qatar bosh vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Al-Sani Isroilning bunday harakatlari ularni vositachilikdan to‘xtata olmasligini aytdi. Arab Ligasining bosh kotibi esa yig‘ilish Qatarni yolg‘iz emasligini ko‘rsatishini ta’kidladi.
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Qatarni HAMAS yetakchilarini chiqarib yuborishga chaqirdi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa hujumdan norozi bo‘lib, Qatarni tinchlik muzokaralarida muhim hamkor sifatida e’tirof etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!