date

AQSHda tibbiy yordam vertolyoti quladi va natijada uch kishi jarohat oldi

AQSHda tibbiy yordam vertolyoti quladi va natijada uch kishi jarohat oldi

6-oktyabr kuni AQSHning Kaliforniya shtatidagi Sakramento shahrida Reach tibbiy xizmat vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi. Hodisa oqibatida uch kishi — uchuvchi, hamshira va feldsher — og‘ir jarohat oldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyot soat 19:00 atrofida Kaliforniya universitetining “Devis” tibbiyot markazidan parvoz qilgan va bir necha daqiqa o‘tib, 50-avtostrada va 59-ko‘cha yaqinida yerga qulagan.

Sakramento o‘t o‘chiruvchilar kapitani Jastin Silviyaning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Ekipaj a’zolaridan biri vertolyot ostida qolgan bo‘lib, uni mahalliy fuqarolar yordamida chiqarishgan.

Yo‘l patruli vakili Maykl Xarper halokat natijasida avtomobil yo‘li vaqtincha yopilganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliyaning Sidney shahrida ham shunga o‘xshash falokat ro‘y bergan edi — bortidagi vertolyot avtomobil ustiga qulab tushgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda tibbiy yordam vertolyoti quladi va natijada uch kishi jarohat oldi