Imomali Rahmon vafot etdimi? Ijtimoiy tarmoqlarda mish-mishlar

Ijtimoiy tarmoqlarda va ayrim norasmiy manbalarda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning vafoti haqida xabarlar tarqalmoqda.
Manbalarga ko‘ra, davlat rahbarining sog‘lig‘i so‘nggi soatlarda keskin yomonlashgani, shundan so‘ng mamlakat oliy rahbariyati xabardor etilgani va ayrim davlat idoralarida favqulodda yig‘ilishlar o‘tkazilayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga, hozirga qadar rasmiy idoralar tomonidan bu borada hech qanday bayonot berilmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda faollik keskin oshgani, ko‘ngilochar tadbirlar to‘xtatilishi, xavfsizlik choralari kuchaytirilgani hamda ehtimoliy motam marosimlariga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida ham turli xabarlar tarqalmoqda.
Tahririyat ushbu ma’lumotlar hozircha rasmiy tasdiqlanmaganini ta’kidlaydi. Bu xabarlar faqat xayoliy ssenariy doirasida keltirilmoqda. Rasmiy ma’lumotlar e’lon qilinishi bilan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!