Britaniyada nam salfetkalarni sotuvga chiqarish taqiqlandi

1 daqiqa o'qish6K
Britaniyada nam salfetkalarni sotuvga chiqarish taqiqlandi

Ko‘pchilik ishlatadigan nam salfetkalarning aksariyati tarkibida plastik tolalar bor. Bu ularni chidamli qiladi, lekin chiqindiga aylanganidan keyin uzoq vaqt yo‘qolmaydi.

Ayniqsa, salfetkalarni hojatxonaga tashlash jiddiy muammo tug‘diradi. Ular kanalizatsiyada tiqin hosil qiladi, keyin esa suv yo‘llariga tushib, mikroplastik manbasiga aylanadi. Ishlab chiqarish jarayonidagi issiqxona gazlari chiqindisi ham muammoni yanada kuchaytiradi.

Yangi cheklov birinchi bo‘lib Uelsda, 2026 yil 18 dekabrdan kuchga kiradi. 2027 yil mayida Angliya va Shimoliy Irlandiya, avgustda esa Shotlandiya plastikli nam salfetkalar savdosini taqiqlaydi.

Cheklov bolalar salfetkalari, kosmetikani ketkazish mahsulotlari, nam hojatxona qog‘ozi, antibakterial salfetkalar, shaxsiy gigiyena va uy tozalash uchun ishlatiladigan vositalarni qamrab oladi.

Tarkibida plastik bo‘lmagan salfetkalar sotuvda qoladi. Shuningdek, tibbiy maqsaddagi mahsulotlarga istisno beriladi va ular belgilangan talablar asosida dorixona hamda shifoxonalarda tarqatilishi mumkin bo‘ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?