Dunyoda kim ko‘proq maosh oladi: ayollarmi yoki erkaklar?

Ayollar o‘rtacha hisobda erkaklardan 23 foiz kam daromad olmoqda. 2025 yilda ayollarning 48 foizi, erkaklarning esa 73 foizi rasmiy mehnat bozorida faol bo‘lgan. Rahbarlik lavozimlarining atigi 31 foizdan sal ko‘prog‘i ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Haq to‘lanmaydigan uy yumushlari va parvarish ishlarining 75 foizdan ortig‘i ham ayollar zimmasida qolmoqda.
Dunyo aholisining yarmidan ko‘prog‘ini ayollar tashkil etishiga qaramay, ular o‘rtacha hisobda erkaklardan 23 foiz kam daromad olmoqda. Shuningdek, rahbarlik lavozimlarining atigi 31 foizdan sal ko‘prog‘i ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda BMTning yangi ma’lumotlarida ma’lum qilindi.
Xalqaro mehnat tashkiloti hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yilda ayollarning 48 foizi rasmiy mehnat bozorida faol bo‘lgan. Erkaklarda esa bu ko‘rsatkich 73 foizni tashkil etgan. Bundan tashqari, haq to‘lanmaydigan uy yumushlari va parvarish ishlarining 75 foizdan ortig‘i ham ayollar zimmasida qolmoqda.
Ayollar boshqaruv lavozimlarining qariyb 38 foizini, yuqori rahbarlik pozitsiyalarining esa 31 foizdan sal ko‘prog‘ini egallaydi. Ayniqsa, iqtisodiyot va innovatsiyalar uchun muhim bo‘lgan ayrim sohalarda ayollarning ulushi bundan ham past.






























Izohlar 0
…