Bog‘cha tarbiyachisining bu mehri millionlar qalbini zabt etdi

Turkiyaning Gaziantep shahridagi bog‘chalardan birida tasvirga olingan video ijtimoiy tarmoqlarda millionlab marta tomosha qilinib, ko‘plab foydalanuvchilarning qalbidan joy oldi. Unda tarbiyachining bolalarga bo‘lgan mehr-muhabbati va g‘amxo‘rligi aks etgani ko‘pchilikni befarq qoldirmadi.
Videoda tarbiyachi uxlab yotgan bolalarning ustini mehr bilan yopib chiqayotgani, uxlay olmayotgan kichkina qizaloqning yoniga borib esa uni bag‘riga bosgan holda birga yotib, tinchlantirib uxlatayotgani tasvirlangan. Ushbu samimiy lahzalar ko‘plab ota-onalar va kuzatuvchilar tomonidan iliq kutib olindi.
Izohlarda foydalanuvchilar bunday tarbiyachilar bolalar uchun katta baxt ekanini, mehr va e’tibor har qanday ta’limning eng muhim qismi ekanini ta’kidlab, videodagi ayolga minnatdorlik va ezgu tilaklarini yo‘llashmoqda.






























Izohlar 0
…