Polshalik suzuvchi Boltiq dengizini 55 soatda kesib o‘tdi

31 yoshli polshalik suzuvchi Bartlomey Kubkovskiy tarixda ilk bor Boltiq dengizini Shvetsiyadan Polshagacha suvdan chiqmasdan 55 soatda suzib o'tdi. U qariyb 160 kilometrlik masofani o'zining beshinchi urinishida sovuq suv, kuchli shamol va baland to'lqinlarga qaramay bosib o'tdi. Og'ir jismoniy yuklama va kuchli charchoq sabab unda gallyutsinatsiyalar kuzatilgan bo'lsa-da, u ortga chekinmagan va hamroh qayiqka ham tegmagan.
31 yoshli polshalik suzuvchi Bartlomey Kubkovskiy tarixda ilk bor Boltiq dengizini Shvetsiyadan Polshagacha suvdan chiqmasdan suzib o‘tdi. Sportchi qariyb 160 kilometrlik masofani 55 soatda bosib o‘tib, o‘zining beshinchi urinishida nihoyat maqsadiga erishdi.
Kubkovskiy ikki sutkadan ortiq vaqt davomida sovuq suv, kuchli shamol va baland to‘lqinlar bilan kurashib suzdi. Og‘ir jismoniy yuklama va kuchli charchoq sabab yo‘l-yo‘lakay unda gallyutsinatsiyalar ham kuzatilgan.
Shunga qaramay, suzuvchi ortga chekinmay, marra tomon harakatini davom ettirgan. U nafaqat suvdan chiqmagan, balki safar davomida hamroh qayiqka ham tegmagan.
Ultra Baltic Swim loyihasi doirasidagi ushbu rekord suzish xayriya maqsadini ham ko‘zlagan. Tadbir orqali saraton kasalligiga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlovchi Cancer Fighters jamg‘armasi uchun qariyb 185 ming yevro mablag‘ to‘plangan.






























Izohlar 0
…