Dunyodagi eng chiroyli so‘z e’lon qilindi

Dunyodagi eng chiroyli so‘z e’lon qilindi

Xalqaro hakamlar hay’ati dunyodagi eng chiroyli so‘zni aniqladi. G‘olib sifatida Yangi Zelandiyaning tub aholisi — maorilar tilidagi «kaitiakitanga» so‘zi tanlandi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu so‘z tabiatni asrash, atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish va uni kelajak avlodlar uchun avaylab saqlash g‘oyasini ifodalaydi. G‘olibni tanlashda so‘zning nafaqat jarangdorligi, balki uning chuqur ma’nosi, madaniy ahamiyati hamda bugungi dunyo uchun dolzarbligi ham asosiy mezonlardan biri bo‘lgan.

Tanlovda dunyoning 75 dan ortiq tilidan 223 ta so‘z ishtirok etdi. Final bosqichiga portugal tilidagi «saudade», yapon tilidagi «ikigai», uels tilidagi «hiraeth», zulu tilidagi «ubuntu» hamda idish tilidagi «luftmensch» kabi mashhur va o‘ziga xos ma’noga ega so‘zlar ham yetib kelgan.

Tanlov tashkilotchilarining qayd etishicha, loyiha turli xalqlar tillarida uchraydigan, boshqa tillarga to‘liq va aniq tarjima qilib bo‘lmaydigan noyob so‘zlarni keng jamoatchilikka tanitish, ularning ma’nosi hamda madaniy qadriyatini targ‘ib qilishni maqsad qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar