21:48 / 28.07.2017
6 614

Hindistondagi suv toshqinida halok bo‘lganlar soni 600 nafarni tashkil etdi

Hindistondagi suv toshqinida halok bo‘lganlar soni 600 nafarni tashkil etdi
Hindistonning Gujarat shtatida muttasil davom etayotgan suv toshqini keltiryotgan zarar tufayli qurbon bo‘lgan mahalliy fuqarolarning soni 600 nafarga etdi.

Avvalroq, ushbu ko‘rsatkich 230 kishini tashkil etayotgandi, ammo to‘xtamasdan yog‘ayotgan kuchli yomg‘ir yana ko‘pchilikning hayotiga zomin bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Hindiston bo‘ylab suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar soni 600 kishiga etdi. 226 ming kishi esa lagerlarga joylashtirilgan. 63 mingga yaqin uylar buzilib, 280 ming ekin er maydonlari kuchli yomg‘irdan jiddiy talofat ko‘rgan. Mamlakatning turli hududlarida suv toshqinlari davom etmoqda.

Hindiston meterologiya boshqarmasining xabariga ko‘ra, 2016 yil 1,6 ming nafar fuqaro ob-havoning og‘ir kelishi va tabiiy ofatlar natijasida halok bo‘lgan. 700 ga yaqin kishi aprel-iyun oyidagi kuchli issiqqa dosh bera olmasdan vafot etgan. 415 nafarga yaqin qishi esa chaqmoq urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistondagi suv toshqinida halok bo‘lganlar soni 600 nafarni tashkil etdi