14:05 / 13.05.2018
7 132

Amsterdam shahrida zodagon yahudiy Islom dinini qabul qildi

Amsterdam shahrida zodagon yahudiy Islom dinini qabul qildi
Niderlandiya poytaxti Amsterdamning “Ko‘k masjid”ida Xolokost qirg‘inida omon qolgan zodagon yahudiy Islom dinini qabul qildi.

Masjidning Feysbukdagi sahifasiga 87 yashar Sal van Kouverden ismli yahudiy kalimai shahodatni aytib Islom dinini qabul qilayotgani aks etgan videolavha joylashtirilgan.

Bu voqea Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lganlar yod etiladigan “Xotira kuni”da, ya’ni, 4 may kuni sodir bo‘lgan.
Imkoniyati cheklanganlar aravachasida o‘tirgan keksa yahudiy masjid imomi Yassin Elforkani ortidan arab tilida kalimai shahodatni qaytarib Islom dinini qabul qilgan.

Shundan so‘ng imom “Islom diniga xush kelibsiz, birodar”, - deya musulmonlar libosini kiyib olgan Sal van Kouverdenni bag‘riga bosgan.
Izrayel neshnal nyus nashri muxbiri Kouverden yolg‘iz qolganligi sababli Islom dinini qabul qilgan bo‘lishi mumkinligini iddao qilib voqea yuzasidan shubha birdirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amsterdam shahrida zodagon yahudiy Islom dinini qabul qildi