13:11 / 15.01.2020
4 420

Meksikalik «Instagram-killer» qiz politsiya bilan otishma vaqtida halok bo‘ldi (video)

Meksikalik «Instagram-killer» qiz politsiya bilan otishma vaqtida halok bo‘ldi (video)
Foto: 24 Horas
Ijtimoiy tarmoqlarda Meksika narkokarteli a’zosi, «Instagram-killer» sifatida tanilgan Mariya Gvadalupe Lopes Eskuivel (Maria Guadalupe Lopez Esquivel), politsiya bilan otishma vaqtida halok bo‘ldi. Infobae va boshqa mahalliy OAV bu haqda xabar qilgan.

E’lon qilingan va politsiyachining bodi-kamerasida tasvirga tushirilgan videoda bino devoriga suyangan holda bo‘ynidan o‘q yegan ayolni ko‘rish mumkin. Huquq-tartibot organi vakili uning yoniga kelib, uni xotirjamlikka chaqiradi va tez orada vertolyot yetib kelishini xabar qiladi. Boshqa bir rolikda Lopesni vertolyotda shifoxonaga olib ketilish jarayoni tasvirga tushirilgan. Xabarlarga ko‘ra, ayol shifoxonada tez tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan vaqtda vafot etgan.

Foto: La 100 - Cienradios
Lopes yaralangan maxsus operatsiyada, jinoiy guruhning kamida yetti nafar a’zosi hibsga olingan. Ulardan jami 10 dona avtomatik o‘qotar qurol va 30 ga yaqin o‘q-dori va patronlar musodara qilingan.

Halok bo‘lgan 21 yoshli qiz CJNJ kartelining eng muhim a’zolaridan biri bo‘lgan. O‘tgan yili oktabrda politsiyaga uyushtirilgan hujum ortida aynan Lopes turishi taxmin qilingan, ushbu to‘qnashuv oqibatida politsiyaning 13 nafar vakili halok bo‘lgandi.

Shuningdek, qiz Instagramda faqat qurol bilan birga suratlar joylashtirishi bilan mashhur bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meksikalik «Instagram-killer» qiz politsiya bilan otishma vaqtida halok bo‘ldi (video)
ePN