10:00 / 23.10.2021
2 192

Bolduin bilan bog‘liq fojiali hodisaning yangi tafsilotlari oshkor qilindi

Bolduin bilan bog‘liq fojiali hodisaning yangi tafsilotlari oshkor qilindi
Foto: REUTERS
Mashhur Gollivud aktyori Alek Bolduin suratga olish maydonchasida operator ayol va rejissyorni otib qo‘ygani, hodisa Nyu-Meksiko shtatining Santa-Fe okrugida «Zanglagan» filmini suratga olish jarayonida sodir bo‘lgani xabar qilingandi.

«Los Angeles Times» gazetasiga ko‘ra, filmni suratga olish guruhi o‘rtasida Gollivud aktyori Alek Bolduin bilan bog‘liq fojiali voqeadan bir necha kun oldin jiddiy ichki kelishmovchiliklar sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Bolduin tasodifan operator va rejissyorni otib qo‘yishidan bir necha soat oldin ish sharoitidan norozi bo‘lgan holda o‘nga yaqin ishchi guruhni tark etgan. Nashrning yozishicha, operatorlar va ularning yordamchilari ish haqi shartidan ham, majburiy ish vaqtidan ham hafsalasi pir bo‘lgan.

Kuni kecha Bolduin instagramdagi sahifasida hodisani tergov qilishda politsiya bilan to‘liq hamkorlik qilayotganini yozdi. U, shuningdek, marhumning oilasi bilan aloqada ekanini va ularga yordam berishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, aktyor ssenariyga ko‘ra quroldan o‘q uzishi kerak bo‘lgan, rekvizit uchun tayyorlangan qurol esa haqiqiy o‘q-dorilar bilan o‘qlangan bo‘lib chiqqan.

Hodisa natijasida operator ayol Alina Xatchins va rejissyor Joel Sous yaralangan. Ayol havo transporti orqali Albukerke shahri kasalxonasiga yotqizilgan, ammo shifokorlarning urinishlariga qaramay vafot etgan. Ikkinchi o‘q rejissyorning bo‘yin suyagiga tekkan, hozirda u kasalxonada.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bolduin bilan bog‘liq fojiali hodisaning yangi tafsilotlari oshkor qilindi