10:07 / 26.01.2022
2 130

Rossiya desantchilari Ukraina chegarasi yaqiniga joylashishni boshladi

Rossiya desantchilari Ukraina chegarasi yaqiniga joylashishni boshladi
Foto: «Novoe Vremya»
Conflict Intelligence Team (CIT) tergov guruhi rossiyalik desantchilar Ukraina chegarasi yaqiniga tashlanayotganini ma’lum qildi.

24 yanvar kuni TikTok ijtimoiy tarmog‘ida temir yo‘l bo‘ylab tashilayotgan harbiy texnikalar videosi paydo bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, mazkur rolik Belarus va Ukraina chegarasida joylashgan Bryansk viloyatida tasvirga olingan.

Videoda texnikalar ortilgan va brezent bilan yopib qo‘yilgan temir yo‘l tarkibini ko‘rish mumkin. Tadqiqotchi Robert Lining so‘zlariga ko‘ra, tarkib 31 ta «BMD-4M» jangovar desant mashinalari va sakkizda «BTR-MDM» zirhli transportyorini tashigan.

«Bundan tashqari, poyezd tarkibida beshta yo‘lovchi vagoni ham bor bo‘lib, u 250 dan ortiq kishini tashishga imkon beradi. Shuningdek, platformalarda havo-desant kuchlari uchun mo‘ljallangan qisqartirilgan ikki o‘qli sakkizta ‘KamAZ-43501’ yuk mashinalarini sanadik», — deyiladi CIT xabarida.

Tergov guruhining Rossiya temir yo‘llari ma’lumotlar bazasiga tayanib ma’lum qilishicha, poyezd Ivanov viloyatidagi «Tekstilniy» stansiyasidan harakatlangan. Ta’kidlanishicha, uning yonida 98-havo-desant diviziyasining 217-gvardiya parashyut-desant polka joylashgan. «Bu desantchilarning Ukarina chegarasi yaqiniga joylashtirilayotganini isbotlovchi birinchi video», — deya qo‘shimcha qiladi CIT.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya desantchilari Ukraina chegarasi yaqiniga joylashishni boshladi