Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Moskvadagi besh soatlik muzokaralar chog‘ida Ukraina atrofidagi vaziyatni yumshatish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda Financial Times manbalarga tayanib.
Fransiya rasmiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, Vladimir Putin yangi «harbiy tashabbuslar» ko‘tarmaslikka va Rossiya qo‘shinlarini joylashtirish bo‘yicha muloqotga kirishishga va’da bergan. Manbalarning bildirishicha, taklif etilgan kelishuv 10—20 fevralga mo‘ljallangan Rossiya—Belarus harbiy o‘quv mashg‘ulotlari tugagandan so‘ng 30 ming Rossiya qo‘shinini Belarusdan olib chiqib ketishni nazarda tutadi. Bu masala, shuningdek, «Kollektiv xavfsizlik bo‘yicha tuzilgan muloqot» sifatida keyingi uchrashuvlarda muhokama qilinishi rejalashtirilgan, deb yozadi gazeta.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning FT’ga aytishicha, Putin va Makron Fransiyaning takliflari bo‘yicha «muloqotni davom ettirishga tayyor», u qanday takliflar haqida gap ketayotganini ochiqlamagan. «Bu masalalarning barchasi Fransiyaning Yevropa Ittifoqi va NATOdagi ittifoqchilari, birinchi navbatda AQSHning roziligini talab qiladi. Boshqa narsa haqida gapirishga hali erta», — dedi Peskov.
Putin va Makron o‘zaro muzokaralardan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ushbu kelishuv haqida so‘z ochmagan. Keyinroq Dmitriy Peskov jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifingda Belarusdagi mashg‘ulotlardan so‘ng Rossiya qo‘shinlari doimiy joylashgan joylariga qaytishini, chunki bu odatiy mashg‘ulotlar ekanini aytgan.
2021 yilning kuzidan beri Rossiya Ukraina chegaralari yaqinida qo‘shinlarini to‘plamoqda, shu sababli G‘arb davlatlari Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan cho‘chimoqda. G‘arbga ko‘ra, Ukraina chegarasida 100-125 ming rossiyalik askar bor. Rossiya hukumati qo‘shinlarning harakatini odatiy mashg‘ulotlar bilan izohlab, ular biror mamlakatga hujum qilmoqchi emasligiga ishontirmoqda.
Yanvar oyida Belarusda Ittifoq davlatlarning reaksiya kuchlarini tekshirish boshlandi, shundan so‘ng Rossiya harbiylari mamlakatga kelishni boshladi. 10 fevraldan 20 fevralgacha Belarusda Rossiya—Belarus «Ittifoqchilik jasorati – 2022» qo‘shma mashqlari o‘tkaziladi.
2021 yilning dekabr oyida, Ukraina chegaralari yaqinida qo‘shin to‘plash fonida Rossiya AQSH va NATOni Yevropada o‘zaro xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar olib borishga taklif qildi. Moskva NATOga, xususan, yangi a’zolarni, birinchi navbatda, Ukrainani alyansga qabul qilmaslikni talab qildi. AQSH va NATO bunga javoban harbiy alyans ochiq eshiklar tamoyilidan voz kechmasligini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi